1

Prezidentning qizi bo`lish — imtiyoz emas — Saida Mirziyoeva

Jamiyat 02.02.2020, 20:34
Prezidentning qizi bo`lish — imtiyoz emas — Saida Mirziyoeva

O`zbekistonda so`z erkinligiga mustahkam asos yaratildi. Bu haqda 2 fevral, yakshanba kuni, bo`lib o`tgan Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining ochilish marosimida fondning Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari Saida Mirziyoeva aytib o`tdi, deya xabar bermoqda «Daryo».

Marosimda so`zga chiqqan Mirziyoeva xonim Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida o`tgan davriga to`xtalar ekan, qisqa, lekin samarali mehnat natijasini berganini ta`kidlab o`tdi.

«So`z erkingligiga mustahkam asos yarata oldik. Bu Prezidentimiz olib borayotgan siyosatning natijasidir.

Hozir o`z ishining professionallarini birlashtirish vaqti keldi. Jurnalist va blogerlarga mass-mediadagi muammolar ma`lum. Fikrimcha, mazkur fond mana shu muammolarni bartaraf etish va oldimizga qo`ygan maqsadlarimizni amalga oshirishda muhim olim bo`ladi.

Prezidentning qizi bo`lish — imtiyoz emas, juda ulkan mas`uliyat. Faoliyatim davomida ko`p bora meni tanqidiy taqqoslash harakatlarini kuzatdim. Men mas`uliyatni chuqur his qilmoqdaman va jamoatchilikka foyda keltirish uchun qo`limdan kelgan barcha ishni qilaman».

Saida Mirziyoeva, Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari

Eslatib o`tamiz,  29 yanvar kuni Prezident Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining o`rinbosari sifatida ishlab kelgan Saida Mirziyoeva iste`foga chiqqan edi. 31 yanvar kuni Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari etib saylangandi.

Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining asosiy maqsadi — ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro`yobga chiqarishda ko`mak berish, mamlakatda so`z erkinligini mustahkamlashda jamoatchilik institutining rolini oshirish, O`zbekistonning xalqaro imijini yanada yaxshilashga ko`maklashish va boshqalardir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1