1

BAAda koronavirusni yuqtirgan 5-odam aniqlandi

Dunyo 02.02.2020, 20:42
BAAda koronavirusni yuqtirgan 5-odam aniqlandi

Shanba kuni BAA sog`liqni saqlash va profilaktika vazirligi mamlakatda koronavirus tashxisi qo`yilgan 5-odam aniqlanganligini ma`lum qildi. Bu bemor virusning o`chog`i bo`lgan Uxan shahridan kelgan.

Hozirda virusni yuqtirib olgan besh bemorning barchasi barqaror ahvoldaligi xabar berilmoqda. Vazirlik barcha fuqarolarni tavsiya etilgan ko`rsatmalarga rioya qilishga chaqirdi.

Eslatib o`tamiz, shanba kuni virus qurbonlari soni 259 taga etdi. Xitoy epidemiyaga qarshi izolyasiyani kuchaytirmoqda. AQSh va Avstraliya Xitoyga boradigan transportlarga ta`qiq qo`ygan davlatlar ro`yxatida etakchi o`rinni egallab turibdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1