1

Samarqanddagi katta magistral gaz quvurida sodir bo`lgan yong`in bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi

Jamiyat 02.02.2020, 21:20
Samarqanddagi katta magistral gaz quvurida sodir bo`lgan yong`in bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi

Bugun internetda Samarqand viloyati Narpay tumani hududida katta magistral gaz quvuri portlagani mazmunida xabar va videolavha tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan Energetika vazirligi rasmiy izoh berdi.

Keltirilishicha, haqiqatdan ham Samarqand viloyati Narpay tumani Mirbozor shaharchasi yaqinidagi Zirabuloq magistral gaz quvurida bugun 2 fevral kuni soat 16.45 larda BGR-TBA Magistral gaz quvurlari 1-4 tarmoqlarining gaz quvuri yorilishi oqibatida yong`in sodir bo`lgan. Avariya natijasida jarohatlanganlar va qurbonlar yo`q.

"O`ztransgaz" aksiyadorlik jamiyatining Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasi maxsus ishchi guruhining tezkor harakatlari natijasida soat 17:15da yong`in bartaraf etildi.

BGR-TBA Magistral gaz quvurlarining 2-3 tarmoqlari orqali gaz transport tizimi uzluksiz ishlashi yo`lga qo`yildi.

Ayni paytda Zirabuloq, G`allaorol, Muborak va Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmalarining maxsus ta`mirlash brigadalari talofatni bartaraf etish maqsadida voqea joyida ish olib bormoqda, qisqa muddatlarda magistral gaz quvurlari qayta ishga tushiriladi va barqaror ishlashi ta`minlanadi.

Yong`in kelib chiqish sabablari o`rganilmoqda

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1