AsosiyJamiyat

Test sinovi topshirmay o`qishga kirish mumkin bo`ladi

'Test sinovi topshirmay o`qishga kirish mumkin bo`ladi'ning rasmi

2020-yildan boshlab bosqichma-bosqich yo`lga qo`yiladigan yana bir o`zgarish – chet (ingliz, nemis, fransuz va sharq) tillaridan tashqari, masalan, o`zbek tili, rus tili, matematika va boshqa umumta`lim fanlaridan ham sertifikat berilishi joriy etilishi mumkin. Bu haqda Davlat test markazi ma`lum qilmoqda. 

Hozirda ushbu tartib yuzasidan tegishli takliflar berilgan. Takliflarga ko`ra test sinovlarini soddalashtirish, abiturientlarga qulaylik va imkoniyatlar yaratish maqsadida barcha umumta`lim fanlaridan xuddi shunday sertifikat berilishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko`zda tutilgan.

Abiturientlar umumiy yoki o`rta-maxsus ta`lim muassasasini tugatmay turib ham bunday imkoniyatdan foydalanishlari mumkin bo`ladi.

Prezidentimizning murojaatnomalarida qayd etilganidek, yoshlar istalgan vaqtda imtihon topshirib, tegishli guvohnoma olsa, oliy o`quv yurtiga o`qishga kirayotgan paytda shu fan bo`yicha qayta sinovdan o`tishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi.

Demak, abiturient oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga qabul test sinovlariga qadar kerakli umumta`lim fanlaridan sertifikat olsa, test sinovida ishtirok etmay, to`g`ridan-to`g`ri tanlovda qatnashish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Ayni paytda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan ushbu tartibni amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqilmoqda.

    Boshqa yangiliklar