Andijon viloyati IIB YHXB huzuridagi 1-tumanlararo ro`yxatdan o`tkazish va imtixon olshi bo`linmasi DYHXX inspektori A.Isakov fuqaro S.Sh. boshqaruvidagi “Zil-138” rusumli yuk avtomashinasini texnik ko`rikdan o`tkazgan vaqtda, avtomashinaga o`rnatilgan 8 dona temir gaz ballonlarning yaroqlilik muddati o`tganligi ma`lum bo`lgan.
Fuqaro S.Sh. gaz ballonlarning yaroqlilik muddati o`tmagan holda ko`rsatilib, avtomashinani soz deb texnik ko`rikdan o`tkazib berish evaziga DYHXX inspektori A.Isakovga 300 ming so`m miqdoridagi pullarni pora sifatida taklif qilgan.
Xodimning bildirgisiga ko`ra, o`tkazilgan tezkor tadbir davomida joriy yilning 1 fevral kuni fuqaro S.Sh. DYHXX inspektori A.Isakovga pora sifatida 300 ming so`m pullarni va avtomashina hujjatlarini berayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






