AsosiyJamiyat

“Qarshi neft bazasi” mansabdorlari hujjatlarni soxtalashtirib, anchagina pulni "eb qo`yishdi"

'“Qarshi neft bazasi”  mansabdorlari  hujjatlarni soxtalashtirib, anchagina pulni "eb qo`yishdi"'ning rasmi

Juda ko`p miqdordagi dizel yoqilg`isini talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda “Darakchi.uz” ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirishkor tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Qarshi neft bazasi” MChJ mansabdor shaxslari amalda tugatilgan 77 ta fermer xo`jaliklariga jami 639,5 mln. so`mlik, 130,5  tonna dizel yoqilg`isi tarqatilganligi to`g`risida hujjatlarni soxtalashtirish yo`li bilan juda ko`p miqdordagi mulkni talon-toroj qilganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan “Qarshi neft bazasi” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar