AsosiyJamiyat

Jahongir Artikxodjaev Xitoyning eng yirik kompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi

'Jahongir Artikxodjaev Xitoyning eng yirik kompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi'ning rasmi

“Xinjiang Hualing Industry & Trade (Group) Co., Xitoy xalq respublikasidagi eng yirik kompaniyalardan hisoblanadi. Mazkur kompaniya yirik savdo-ulgurji markazlarga ega bo`lib, 26 ta sho``ba korxonalarini birlashtiradi va ularda 3000dan ortiq ishchilar xizmat qiladi.

Kompaniya rahbariyatini yirik logistika loyihasini amalga oshirish, savdo majmuasi va mehmonxona qurish masalasi qiziqtiradi. Shundan kelib chiqqan holda Toshkent shahar hokimligida o`tkazilgan uchrashuvda Jahongir Artikxodjaev mehmonlarni poytaxtimizda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik loyihalar bilan tanishtirdi.

Dastlab Chirchiq daryosining shahrimizdan oqib o`tuvchi manzillaridagi qismini tartibga keltirish orqali bo`shaydigan maydonda savdo majmuasi, texnopark, yashil hududlar va turar joylar qurilishiga mo`ljallangan loyiha yuzasidan ma`lumot berildi. Yana bir loyiha Toshkentning Qozog`iston bilan chegarasidagi maydonda bajarilishi ko`zda tutilgan bo`lib, u logistika markazi, qishloq xo`jaligi va boshqa turdagi mahsulotlarni saralash punkti qurishga yo`naltirilgan. Shuningdek, “Xinjiang Hualing Industry & Trade (Group) Co., rahbariyatiga Yakkasaroyda bunyod etilishi ko`zda tutilayotgan biznes markazi loyihasida ishtirok etish, “Chorsu” mehmonxonasini yangilash kabi qator loyihalar yuzasidan ma`lumot berildi.

Mi En Xua taqdim etilgan loyihalar Xitoy tomonida katta qiziqish uyg`otgani va ular bu takliflarni atroflicha o`rganib, hamkorlik yuzasidan o`z xulosalarini taqdim etishini ma`lum qildi.

 

    Boshqa yangiliklar