Sirdaryoda yo`l qurilishidagi talon-torojliklar fosh etildi, deya xabar berdi Bosh prokuratura Matbuot xizmati.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Sirdaryo yo`llardan muntazam foydalanish” unitar korxonasi rahbari O.X. va boshqalar Chinoz-Guliston yo`lining 59-68 km qismida olib borilgan rekonstruksiya ishlarida 470 dona yo`l chetiga muhofazalovchi to`siqlar o`rnatilganligi to`g`risida dalolatnomaga soxta ma`lumotlar kiritib, jami 614,7 mln. so`m byudjet mablag`larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan “Sirdaryo yo`llardan muntazam foydalanish” unitar korxonasi rahbari O.X. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






