AsosiyJamiyat

O`zbekiston dunyoning turizm sohasi eng tez rivojlanayotgan mamlakatlari ro`yxatida

'O`zbekiston dunyoning turizm sohasi eng tez rivojlanayotgan mamlakatlari ro`yxatida'ning rasmi

UNWTO (Butunjahon sayyohlik tashkiloti)ning so`nggi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston turizm sohasi eng jadal sur`atlarda rivojlanayotgan top-20 mamlakat ro`yxatidan o`rin olgan.  

Jumladan, mamlakatimiz turizm sohasi eng tezkor rivojlanayotgan davlatlar ro`yxatida to`rtinchi o`rinda qayd etilgan. 

Independent nashri shu haqidagi maqolasi bilan bo`lishdi.  Ushbu ro`yxatda shuningdek Ozarboyjon hamda Qozog`iston mamlakatlari ham keltirilgan bo`lib, ular o`z o`rnida 17 va 20-o`rinlarni egallagan.  

Turizm sohasi eng tezkor rivojlanayotgan davlatlar dastlabki uchligidan Myanma, Puerto-Riko, Eron joy olgan. 

UNWTO statistika ma`lumotlariga ko`ra, 2019 yilda dunyo bo`ylab xorijiy safarlar 1,5 milliardga etgan hamda bu ko`rsatkich 2018 yilga nisbatan to`rt foiz yuqori natijani qayd etgan. Fransiya 90 milliondan ziyod sayyoh tashrif buyurgan mamlakat sifatida eng yuqori natijani ko`rsatgan.

    Boshqa yangiliklar