AsosiyJamiyat

Bokschiga uy, mashina. Matematikadan Xalqaro olimpiada g`olibiga zambarakning o`qimi? Rasmiylar javob berdi

'Bokschiga uy, mashina. Matematikadan Xalqaro olimpiada g`olibiga zambarakning o`qimi? Rasmiylar javob berdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, kecha ikki nafar yosh xalqaro miqyosda erishgan o`z yutuqlari bilan O`zbekistonga kirib keldi. Biri boks bo`yicha jahon rekordini yangilagan Murodjon Ahmadaliev, bo`lib uning kelishi katta tantana bilan qarshi olindi va prezident sovg`asi sifatida unga Toshkent shahridan 3 xonali uy hamda avtomashina topshirildi. Ikkinchi g`alaba, buxorolik 10-sinf o`quvchisi Begzod Nuriddinovga tegishli bo`lib, u Avstraliyada o`tkazilgan xalqaro SEAMO olimpiadasida matematikadan oltin medalni qo`lga kiritdi. Uning ham kecha vataniga qaytib kelganiga oid suratlar internet tarmog`ida tarqaldi. Shundan so`ng, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari “Bizda ilmning qadri bormi? Matematikadan xalqaro olimpiada g`olibiga zambarakning o`qimi?” mazmunidagi tanqidlarni bildirishdi. Ayni paytda ushbu holat bo`yicha Buxoro viloyati xalq ta`limi boshqarmasi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

O`zbekiston Respublikasida bilimli bolalarni munosib taqdirlash bo`yicha tegishli choralar ko`rilgan. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4306-sonli qarori qilingan.

Mazkur qaror bilan asosiy xalqaro olimpiadalar ro`yxat tasdiqlangan. Olimpiadining g`oliblari va ularning o`qituvchilari pul mablag`i bilan mukofotlanadilar.

Shuningdek, Buxoro viloyatida viloyat hokimi O`.Barnoev boshchiligida yoshlarni iqtidori va iste`dodini qo`llab-quvvatlash borasida barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Birgina, Buxoro viloyatida o`tkazilgan Mirzo Ulug`bek nomidagi matematika fan olimpiadasi uchun g`olib o`quvchilar va ularning o`qituvchilari uchun viloyat hokimi tomonidan 104 000 000 so`m pul mablag`lari va qimmat baho sovg`alar bilan taqdirlandilar.

Shuni ta`kidlash lozimki, dunyoda tijorat olimpiadalari ham mavjud. Ularda o`quvchilar to`lov mablag`lari evaziga ishtirok etadilar. SEAMO xalqaro olimpiadasi shulardan biri.

Avstraliyada o`tkazilgan xalqaro SEAMO olimpiadasida matematikadan oltin medalni qo`lga kiritgan Qorako`l tumanidagi Xalqaro matematika maktabi o`quvchisi Begzod Nuriddinovni kutib olinishiga kelsak, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oila a`zolaridan tashqari, Xalqaro matematika maktabi direktori, viloyat kengashi deputati Temur Ro`ziev Rajabovich boshchiligida 6 nafar viloyat delegasiyasi, bundan tashqari, Xalqaro matematika maktabining sobiq bitiruvchilaridan 18 nafari ishtirok etdi.

Ushbu jarayon ijtimoiy tarmoqlardagi viloyat hokimligining rasmiy kanali, viloyat xalq ta`limi boshqarmasi va Qorako`l tuman hokimliging rasmiy kanallari, shuningdek, Xalq ta`limi vazirliging rasmiy kanallari hamda OAV orqali yoritilib keng jamoatchilikka namoyish etildi.

Ayni paytda, buxorolik g`olib o`quvchi Nuriddinov Bekzod Toshkent shahrida: Joriy yilning 4 fevral kuni Buxoro viloyatiga etib kelishini munosib kutib olish rejalashtirilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar