AsosiyJamiyat

Maktablarda bolalarga koronavirus to`g`risida diktant yozilayotganligiga izoh berildi

'Maktablarda bolalarga koronavirus to`g`risida diktant yozilayotganligiga izoh berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda umumta`lim maktablarida bolalar tomonidan koronavirus to`g`risida diktant yozilayotganligi haqida ma`lumot tarqatildi.

Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan mamlakatimizda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta`minlash, kasallikning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Aholini koronavirus kasalligidan muhofaza qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur tavsiyalarni yosh avlodga sodda tilda etkazish maqsadida maktablarda diktant yozish tadbirlari tashkil etildi.

Diktant yozish davomida o`quvchilar koronavirus yuqish yo`llari va uning tarqalishini oldini olish bo`yicha amalga oshirilishi kerak bo`lgan choralar haqida ma`lumotlar oladi. Jumladan, bolalarga muntazam qo`l yuvish va shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish kerakligi uqtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar