1

Toshkent aeroportida AQSh dollarini yashirincha olib ketayotgan fuqaro qo`lga tushdi

Jamiyat 04.02.2020, 13:20
Toshkent aeroportida AQSh dollarini yashirincha olib ketayotgan fuqaro qo`lga tushdi

Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, “Toshkent” xalqaro aeroporti orqali xorijga uchib ketayotgan fuqaro U.V. o`rnatilgan tartibda, bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, ushbu shaxsning egnidagi kiyimlari orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib chiqish me`yoridan ortiqcha bo`lgan jami 19800 AQSh dollari naqd xorijiy valyutasi borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1