1

"Hududgazta`minot" suyultirilgan gaz iste`molchilarni gaz ballonlarni torozida tortib olishga chaqirmoqda

Jamiyat 04.02.2020, 14:08
"Hududgazta`minot" suyultirilgan gaz iste`molchilarni gaz ballonlarni torozida tortib olishga chaqirmoqda

“Hududgazta`minot” AJ xabariga ko`ra,  respublika bo`yicha 3,6 mln iste`molchilarga 4,5 mln dona maishiy gaz ballonlari orqali suyultirilgan gaz etkazib berilmoqda. Iste`molchilarning gaz ballonlar bilan ta`minlanganlik darajasi 125% ga etkazilgan.

Iste`molchilarga suyultirilgan gazni etkazib berish uchun mo`ljallangan 835 ta avtotransport vositalari nazorat tarozilari bilan to`liq ta`minlandi.

Shu o`rinda, iste`molchilar tomonidan suyultirilgan gaz ballonlarini qabul qilganda, iste`molchilar ham o`z huquqlarini anglagan holda, suyultirilgan gazni belgilangan sifatda va hajmda etkazib berilishini talab qilishlari, gaz miqdorini nazorat tarozilarda o`lchab ko`rishlari, belgilangan miqdorda bo`lmagan suyultirilgan gazni olmasdan rad etishga haqlari borligini unutmasliklari so`raladi.

Gaz ballonlariga suyultirilgan gaz belgilangan miqdordan kam quyilganligi yoki shu kabi holatlar bilan bog`liq qonunbuzarlik holatlari kuzatilsa, “Hududgazta`minot” AJning barcha hududlardagi gaz ta`minoti korxonalaridagi ishonch telefonlariga yoki “Facebook”dagi “Gaz ta`minoti muammolari va ularni hal etish yo`llari” guruhiga murojaat qilishingiz so`ralmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1