1

Farg`onada fuqarolar murojaatlariga javob bermagan mansabdor shaxs sudda javobgarlikka tortildi

Jamiyat 04.02.2020, 14:32
Farg`onada fuqarolar murojaatlariga javob bermagan mansabdor shaxs sudda javobgarlikka tortildi

Farg`onada fuqarolar murojaatlariga javob bermagan mansabdor shaxs sudda javobgarlikka tortildi. Bu haqda  O`z A muxbiri xabar bermoqda.

Quva tumani “Katta Dehqonobod” va “Jalaer” mahalla fuqarolar yig`inida toza havo va ichimlik suv yo`qligidan aziyat chekayotgan fuqarolarni murojaatlari hamon javobsiz qolib kelmoqda. Bu haqda bir necha bora ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo`yicha tuman inspeksiyasi rahbari murojaat qilingan bo`lsa-da, hech qanday javob berilmadi. Aholining murojaatiga javob bermagan rahbar S.Amirovning beparvolik qilgani uzoqqa cho`zilmadi.

Ma`lum bo`lishicha, qishloqdagi ohak ishlab chiqarish sexida ko`mir yoqish oqibatida is gazi tarqalayotgani, mahalladagi go`daklar va nuroniylar bu havodan nafas olib aziyat chekib kelmoqda. Shuningdek, muzqaymoq ishlab chiqarish xususiy korxonasi tomonidan chiqindi suv ushbu hududdan oqib o`tuvchi suv havzalariga quvurlar orqali tashlab yuborilyapti. Mazkur holatlar bo`yicha mahalla ahli inspeksiyaga murojaat qilgan. Vaqt o`tayotgan bo`lishiga qaramay hamon mutasaddilar tomonidan fuqarolarga tegishli javob berilmagan.

Sud tomonidan Quva tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig`i S.Amirovga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida, ya`ni 446 ming so`m miqdorida jarima jazosi tayinlanib, davlat hisobiga undirildi. Huquqbuzarning bu kabi holatlarga barham berish uchun yuqori turuvchi rahbariyatiga tegishli munosabat bildirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1