1

O`zbekistonda koronavirusning oldini olish bo`yicha nima choralar ko`rilmoqda

Jamiyat 04.02.2020, 15:45
O`zbekistonda koronavirusning oldini olish bo`yicha nima choralar ko`rilmoqda

Prezidentning 2020-yil 29-yanvardagi farmoyishiga asosan koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha respublika maxsus komissiyasi tuzilgan edi. Shu vaqt ichida komissiya tomonidan mamlakatimizga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan qanday zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda? Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma`lumot taqdim qilmoqda. 

O`zbekistondan Xitoyga va Xitoydan O`zbekistonga aviaparvozlar vaqtinchalik to`xtatildi. Chegara o`tkazish punktlarida xorijdan kirib kelayotgan fuqarolarning salomatligini tekshirish tizimi yo`lga qo`yildi. Tibbiyot muassasalarida ushbu epidemiyani barvaqt aniqlash hamda uning tarqalishini oldini olish borasida zarur choralar ko`rilmoqda.

Maxsus komissiyaning joriy yil – 3-fevral kuni o`tkazilgan navbatdagi yig`ilishida kelgusidagi dolzarb vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1