1

“Lazgi” raqsi UNESCO ning reprezentativ ro`yxatiga kiritildi

Jamiyat 04.02.2020, 15:48
“Lazgi” raqsi UNESCO ning reprezentativ ro`yxatiga kiritildi

UNESCO bosh direktori Odri Azule xonim tomonidan imzolangan Xorazm “Lazgi” raqsini Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro`yxatiga kiritilganligi to`g`risidagi sertifikat Xorazm viloyati hokimligiga saqlash uchun topshiriladi.   

UNESCO Xorazmning “Lazgi” raqsini Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro`yxatiga O`zbekiston madaniy merosining elementi sifatida kiritgan edi.   Mazkur qaror 12 dekabr kuni Bogota (Kolumbiya)da UNESCO nomoddiy madaniy merosini muhofaza qilish bo`yicha hukumatlararo qo`mitasining 14-sessiyasida qabul qilindi.   

O`zbekiston Respublikasi Bosh vazir o`rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Aziz Abduhakimovning so`zlariga ko`ra, ayni vaqtda UNESCO ishlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tomonidan Baxshichilik san`ati va etnik sport turlarini ham ushbu ro`yxatga kiritishga doir ishlar olib bormoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1