1

"O`zbekneftgaz": "Uchtepa neft va gaz koni"ning quduqg`idagi tabiiy gaz magistral liniyasiga uzatila boshlandi

Jamiyat 04.02.2020, 16:00
"O`zbekneftgaz": "Uchtepa neft va gaz koni"ning quduqg`idagi tabiiy gaz magistral liniyasiga uzatila boshlandi

"Andijonneft” AJ tomonidan “Uchtepa neft va gaz koni”da qazib olinayotgan gaz miqdori oshirilib, tuman aholisiga “O`ztransgaz”AJ magistral liniyalari orqali boshqa hududlarga ham etkazilmoqda.  Bu haqda "O`zbekneftgaz"AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

2019 yilning 26 dekabrida “Uch tepa neft va gaz koni”ning 13-sonli qudug`ida sanoat miqyosidagi tabiiy gaz olishga erishilgan.

Ayni paytda quduqdan gaz qazib olishning kunlik hajmi 100-110 ming m³ tashkil qilmoqda.

Joriy yilning 4 fevral kuni ushbu quduqdan olinayotgan tabiiy gaz  “O`ztransgaz”AJning magistral liniyalari orqali hudud aholisiga etkazila boshlandi.

Ma`lumot uchun: ayni paytda Buloqboshi hududiga berilayotgan tabiiy gaz miqdorining bir kunlik hajmi 270 ming m³ tashkil qiladi.  

“Uchtepa neft va gaz koni”dan olinayotgan tabiiy gaz miqdori yuqori bo`lganligi sababli, qo`shimcha 270–300 ming m³  hajmdagi tabiiy gaz “O`ztransgaz” AJ magistral liniyasiga uzatilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1