1

Uxandan qaytgan 250 nafar vatandoshimiz 14 hech kim bilan ko`rishmaydi

Jamiyat 04.02.2020, 17:25
Uxandan qaytgan 250 nafar vatandoshimiz 14 hech kim bilan ko`rishmaydi

Mamlakatimizning Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi bergan ma`lumotga ko`ra 2020-yilning 4-fevral kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 14:30 da (Toshkent vaqti bilan soat 11:30) “Uzbekistan Airways” AJning charter reysi Pekin shahri aeroportidan Toshkent shahriga uchib ketdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

 Uning bortida Xitoyning qator hududlaridan 250 nafar O`zbekiston fuqarolari va 13 nafar ekipaj a`zolari vatanga qaytmoqda.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan Xitoydan qaytib kelayotgan barcha yo`lovchilar Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga joylashtiriladilar, u erda butun karantin davrida malakali tibbiyot xodimlar kuzatuvi ostida bo`ladilar hamda barcha zaruriy dori-darmon, tibbiyot vositalari va tegishli oziq-ovqat bilan bepul ta`minlanadilar.

Uxan shahridan va Xitoyning boshqa mintaqalaridan olib kelinayotgan O`zbekiston fuqarolari butun inkubatsion davrda karantinda ushlab turiladi. 14 kun davomida ularning oila a`zolari, qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashishiga ruxsat berilmaydi.

4-fevral kuni maxsus charter reys karantin hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun Uxan shahriga uchib ketishi rejalashtirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1