Xabaringiz bor, kuni kecha ikki nafar yosh xalqaro miqyosda erishgan o`z yutuqlari bilan O`zbekistonga kirib keldi. Biri boks bo`yicha jahon rekordini yangilagan Murodjon Ahmadaliev bo`lib, uning kelishi katta tantana bilan qarshi olindi va prezident sovg`asi sifatida unga Toshkent shahridan 3 xonali uy hamda avtomashina topshirildi. Ikkinchi g`alaba, buxorolik 10-sinf o`quvchisi Begzod Nuriddinovga tegishli bo`lib, u Avstraliyada o`tkazilgan xalqaro SEAMO olimpiadasida matematikadan oltin medalni qo`lga kiritdi. Uning ham kecha vataniga qaytib kelganiga oid suratlar internet tarmog`ida tarqaldi. Shundan so`ng, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari “Bizda ilmning qadri bormi? Matematikadan xalqaro olimpiada g`olibiga zambarakning o`qimi?” mazmunidagi tanqidlarni bildirishdi. Ushbu holat bo`yicha Buxoro viloyati xalq ta`limi boshqarmasi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi. Unga ko`ra, g`olibni 5 fevral kuni Buxoroga etib kelgandan so`ng taqdirlash nazarda tutilgani aytilgan edi. Ayni paytda ma`lum qilinishicha, Xalqaro matematika maktabida Avstraliyada SEAMO southeast Asian mathematical olimpiadasida oltin medal olgan Bekzod Nuriddinovni Buxoro viloyat xalq ta`lim boshqarmasi boshlig`i A.K.Safarov viloyat xokimligi va viloyat xalq ta`lim boshqarmasi nomidan tabrikladi. G`olib qimmat baho kitoblar, shaxsiy personal kompyuter xamda boshqa bir qancha sovg`alar bilan taqdirlandi.
Shuningdek,
“Xar qanday olimpiadada ishtirok qilgan inson avvalo o`zining bilimini sinab ko`rish hamda o`zining va vatanining shanini himoya qililish uchun ishtirok qiladi. Biron manfaat yoki rag`batni ko`zlamidi. Albatta yana xukumat tomonidan olimpiada ishtirokchiarini taqdirlash qarori asosida ham taqdirlanadi. Faqat bir narsaga etibor bering o`quvchining va uni yonidagi yaqinlarini xarqanday fikrlar bilan tasdiqlanmagan ma`lumotlar bilan ko`nglini ilmdan, fandan sovutmang. Unga O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`lim vazirligi, Buxoro viloyat xokimligi, Qorako`l tuman xokimligi, viloyat xalq ta`lim boshqarmalari etarli darajada o`zlarining e`tiborlarini qaratmoqdalar”, — deyilgan Qorako`l tuman hokimligi rasmiy sahifasida.






