AsosiyJamiyat

Bu gal Bosh prokuror qabulida surxondaryoliklar bo`ldi

'Bu gal Bosh prokuror qabulida surxondaryoliklar bo`ldi'ning rasmi

Ma`lumki, so`ngi vaqtlarda prokuratura organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ommaviy sayyor qabullar o`tkazib, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kengaytirish, ularning muammolarini hal etishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

O`tkazilayotgan qabullarda fuqarolarning bir necha yillardan buyon o`zining echimini topmayotgan muammo va takliflarini joyida hal etishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Shunga ko`ra, 2020 yil 3 fevral kuni Bosh prokuror N.Yo`ldoshev tomonidan Surxondaryo viloyatida sayyor qabul o`tkazilib, unda jami 20 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinib, ularning murojaatlari olindi.

Tahlil qiladigan bo`lsak, murojaatlarning 9 tasi sud masalalari, 2 tasi prokuratura va 1 tasi ichki ishlar organlari faoliyatlariga hamda 8 tasi boshqa masalalarga oid.

Fuqarolar tomonidan qabulda topshirilgan murojaatlar nazoratga olinib, endilikda qonuniy hal etilishi ta`minlanadi.

    Boshqa yangiliklar