AsosiyJamiyat

84 nafar yo`lovchi bilan navbatdagi samolyot Uxandan Toshkentga bugun keladi

'84 nafar yo`lovchi bilan navbatdagi samolyot Uxandan Toshkentga bugun keladi'ning rasmi

Bugun mahalliy vaqt 11:45 da Uzbekistan Airways aviakompaniyasining samolyoti Uxandan yo`lovchilar bilan Toshkent aeroportiga etib keladi. 

Samolyotda 84 nafar yo`lovchilar, ekipaj a`zolari, shuningdek tibbiyot xodimlari va zamonaviy himoya vositalari bilan virusologiya sohasi mutaxassislari bor. Oldin xabar qilinganidek, kelganidan keyin yo`lovchilar vaqtincha yashash markaziga yuboriladi.

Yo`lovchilarning vaqtincha turar joy markazida bo`lishiga oid savol uchun O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya farovonligi agentligining bosh ofisiga quyidagi telefon orqali murojaat qiling: +998 (71) 276-49-66

 

    Boshqa yangiliklar