B.Umarov 2019 yil avgust oyida o`zining iste`moli uchun, Farg`ona viloyati Yozyovon tuman hududida joylashgan dala er maydoni chetidagi ariq bo`yida qarovsiz holda o`sib turgan, tarkibida giyoxvandlik moddasi bo`lgan o`simlik barglaridan terib olib, o`zining Toshloq tumani “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig`inida joylashgan qo`shnisining qurilishi tugallanmagan hovlisiga olib kelib, yashirib, uyning devor qismida quritib, iste`mol qilish uchun 6.8 gramm miqdordagi “Marixuana” giyoxvandlik vositasini tayyorlab, qonunga xilof ravishda saqlab kelgan.
2019 yil 7 oktyabr kuni Farg`ona shahar “Al-Farg`oniy” nomli istirohat bog`ida aylanib yurgan vaqtida, xizmat vazifasini olib borayotgan Farg`ona viloyati IIB PPX va JTSB xodimlariga shubhali ko`ringan B.Umarov bilan o`tkazilgan suhbat jarayonida egnidagi kostyumining ichki cho`ntagidan jami uch dona sariq qog`oz bo`lagiga o`ralgan “nasha” giyoxvandlik vositasiga o`xshash, o`ziga xos o`tkir xidli modda borligini ma`lum qilganidan so`ng, holislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Sudning qora kursisida o`tirgan B.Umarov o`zining aybigi iqror bo`lib bergan ko`rsatuvidan tashqari qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligini boshqa bunday holat qaytarilmasligini ma`lum qilib, suddan engillik berishni so`radi.
Sudda B.Umarovning aybi boshqa ob`ektiv dalillar bilan ham isbotlandi.
Ishning mohiyati xar tomonlama o`rganilib chiqilgandan so`ng sudlanuvchi B.Umarovga nisbatan jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar sifatida uning shaxsini, aybiga to`liq iqrorligini, qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligini, muqaddam sudlanmaganligini, oilaviy sharoitini hamda ish bo`yicha og`irlashtiruvchi holatlar aniqlanmaganligi sababli unga nisbatan qonun sanksiyasida belgilangan jazoning eng kam miqdori tayinlandi.
Sud majlisining ya`kunida shahar sudining raisi Sh.Xashimov tomonidan sudlanuvchiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi nomidan e`lon qilingan hukmni mazmun-mohiyatini, qanday jazo tayinlanganligini, sudning hukmidan norozi bo`lgan taqdirda shu sud orqali shikoyat qilish huquqi borligini tushuntirdi. Sudlanuvchi o`ziga nisbatan e`lon qilingan hukmning mazmunini tushunganligin ma`lum qilgan.
Jinoyat ishlari bo`yicha
Farg`ona shahar sudining raisi
Sh.Xashimov






