AsosiyJamiyat

Nohaq ayblangan navbatdagi fuqaroning ham yuzi yorug` bo`ldi

'Nohaq ayblangan navbatdagi fuqaroning ham yuzi yorug` bo`ldi'ning rasmi

YoXUD YaNA BIR HOLAT BO`YIChA NOTO`G`RI ChIQARILGAN SUD QARORI BEKOR QILINDI

Jinoyat ishlari bo`yicha Zarafshon shahar sudining 2018 yil 7 iyundagi hukmiga ko`ra, 49 yoshli chilangar JKning 229-moddasi har oylik ish haqining 15 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 1 yil 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosiga sudlangan...

Sudning hukmiga ko`ra, chilangar 2013 yil maydan Markaziy kon boshqarmasiga qarashli “Oltinni uyumda ishqorlash sexi”da avtomobillarni ta`mirlash ishlari bo`yicha chilangar bo`lib ishlab kelgan. Sexning yordamchi uskunalarni ta`mirlash uchastkasida shinalarni ta`mirlash ishlarini bajarish mumkin emasligini bilgan. Bunday ishlarni bajarishga yozma topshiriq berilmagan bo`lsa-da, 2018 yilning 6 fevralida u o`zboshimchalik bilan havo to`ldirilgan ko`chma konveyer balloni diskasini ta`mirlash ishlarini bajarishga kirishgan. Ta`mirlash ishlarini mustaqil tashkillashtirish va bajarishga vakolati bo`lmasa-da, elektr-gaz payvandlovchidan shinadan demontaj qilinmagan diskaning nosoz joyini payvandlab berishni so`ragan. Unga bunday xavfli ishni bajarish uchun sharoit yaratib bergan. O`zboshimchalik qilgani natijasida payvandlovchi, uchastka chilangari bilan birga xavfsizlantirilmagan konveyer balloni diskasini payvandlashgan. Ballon ichidagi bosim ortib, germetikligi buzilib, otilib ketgan. Uchastka chilangarining boshiga urilib, bosh miyasini yopiq jarohatlagan. Payvandlovchining chap qo`liga urilib, bilak suyagini sindirgan.

Mazkur holat yuzasidan o`tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasida, chilangarning qoidabuzarligi sifatida boshqa shaxslarning ish joyida bo`lishiga, yozma ruxsatsiz boshqa shaxslarni jalb qilgan holda ishlarni tashkillashtirgani, chilangar bilan bog`liq baxtsiz hodisani kelib chiqi shiga sabab bo`lgan – o`zini oqlamagan tavakkalchilikka yo`l qo`yganligi ko`r- satilgan.

Sudlangan chilangar kassasiya shikoyatida, uning harakatlarida jinoyat alomatlari yo`qligi haqidagi vajlar keltirib, oqlov hukmi chiqarishni so`ragan.

“BIRORTASIGA ISh BUYuRMAGANMAN”

Kassasiya instansiyasida so`roq qilingan chilangar o`z ko`rsatmalarida quyidagilarga to`xtalgan:

— Xizmat tekshiruvida meni aybdor deb topishdi. Lekin uchastkada uchastka chilangari bor. Barcha ishlarni u hal qiladi, voqea joyida ham u bo`lgan. Boshqa uchastka ishchilari bizning uchastkaga kirishiga ham uchastka chilangari javobgar. Payvandlovchi kelganida “ushbu ballonni 10 kun oldin ta`mirlagandik. Yana havo chiqaryapti, payvandlasa bo`ladimi?” deb maslahat so`radim. U “tuzatib beraman”, dedi. Payvandlovchi payvandlashni boshlaganida, men ichkarida bo`lganman. Uning oldida uchastka chilangari va yana bir chilangar bo`lgan. Uchastka chilangari hamkasbiga suv olib kelib, payvandlash jarayonida quyib turishni buyurgan. Chilangar buni bajargan. Uchastka chilangari bu ishni buyurganining saba- bi, u payvandlash natijasida ballon qizib ketib, portlashi mumkinligini bilgan. Ularning birortasiga ish qili shini buyurmaganman. Ballonning ichida havo bo`lgani bois portlash sodir bo`lgan. Uchastka chilangari yoki payvandlovchi ballon havosini tekshirib ko`rmagan. Payvandlovchini payvandlab berishiga majbur qilmaganman. Ballonni payvandlash jarayonini to`xtatishga mening vakolatim yo`q. Shunga ko`ra, oqlov hukmi chiqarishingizni so`rayman.

“SUDLOV HAY`ATI ShIKOYaTNI QANOATLANTIRIShNI LOZIM TOPDI”

 Abulqosim RO`ZIQULOV, jinoyat ishlari bo`yicha Navoiy viloyat sudi raisi:

— JKning 24-moddasi talabiga ko`ra, agar shaxs o`z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagan, anglashi mumkin va lozim ham bo`lmagan yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko`zi etmagan va ishning holatlariga ko`ra ko`zi etishi mumkin va lozim ham bo`lmagan bo`lsa, bunday qilmish aybsiz holda sodir etilgan, deb topiladi.

Oliy sudi Plenumining 2014 yil 23 maydagi “Sud hukmi to`g`risida”gi 7-sonli Qarorining 9-bandida, ijtimo- iy xavfli qilmish fakti va oqibatining kelib chiqqani aniqlangan bo`lib, biroq sud muhokamasida taqdim qilingan va tekshirilgan dalillar bilan uning sudlanuvchi tomonidan sodir etilgani inkor etilsa yoki o`z tasdig`ini topmasa, qilmishda jinoyat tarkibi bo`lmagani bois oqlov hukmi chiqarilishi (JPK 83-modda 2-bandi) haqida rahbariy tushuntirish berilgan.

Sudlov hay`ati bir qator omillardan kelib chiqib, sud hukmining sudlangan chilangarga oid qismini bekor qilib, uni JKning 229-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etmagan deb topib, JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan reabilitasiya etishni va keltirilgan shikoyatni qanoatlantirishni lozim topdi. Shunga ko`ra, JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan oqlandi. Jinoyat ishining unga oid qismi harakatdan tugatildi. Kassasiya shikoyati qanoatlantirildi.

Sadoqat ALLABERGANOVA, jurnalist

Boshqa yangiliklar