1

Sovuq balodan xushxabar: Xitoyda koronavirusga chalingan bemorlar sog`ayib, uyiga qaytmoqda

Jamiyat 05.02.2020, 13:15
Sovuq balodan xushxabar: Xitoyda koronavirusga chalingan bemorlar sog`ayib, uyiga qaytmoqda

Xitoyning Sinxua axborot agentligining Xitoy sog`liqni saqlash ishlari bo`yicha qo`mita ma`lumotlariga tayanib tarqatgan xabariga ko`ra, o`tgan seshanba kunigacha mamlakatda tarqalgan yangi turdagi koronavirus tufayli kasalxonaga tushgan jami 892 kishi butunlay sog`ayib uyiga qaytgan. Bu haqda O`zA xabar berdi

Seshanba kunining o`zida Xubey viloyatidagi kasalxonalarda yotgan 262 kishiga javob berilgan.

Xabarda ta`kidlanishicha, seshanba kuni holatiga ko`ra, 24 ming 324 kishi koronavirusni yuqtirgani tasdiqlangan, 490 nafar bemor ofat qurboni bo`ldi.

Eslatib o`tamiz, kecha 250 nafar va bugun 84 nafar hamyurtimiz koronavirus o`chog`idan O`zbekistonga olib kelindi. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1