1

Vobkentda 31 yoshli shaxs 55 yoshli mahalladoshini pichoqladi

Jinoyat 05.02.2020, 14:13
Vobkentda 31 yoshli shaxs 55 yoshli mahalladoshini pichoqladi

 

2020 yilning 2 fevral kuni taxminan 19:30 larda, Vobkent tumani, Gavuzduvon qishlog`ida yashovchi 31 yoshli O.G. mahalladoshi 55 yoshli D.U. bilan o`zaro bir-birini haqoratlab janjallashib, janjal vaqtida O.G. yonida bo`lgan pichoq bilan D.U.ning qorniga tan jarohati etkazgan.

Natijada, D.U. sanchilib kesilgan jarohatlar bilan shifoxonaga murojaat qilgan, ayni vaqtda D.U.ning sog`lig`i yaxshilangan. 

Mazkur holat yuzasidan Vobkent tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deya xabar berdi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1