1

Samarqandda 16 yoshli yigitning o`g`irlgi fosh etildi

Jinoyat 05.02.2020, 14:51
Samarqandda 16 yoshli yigitning o`g`irlgi fosh etildi

2020 yil 28 yanvar kuni 36 yoshli N.R.Kattaqo`rg`on shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yil 01 yanvar kunidan 28 yanvar kuniga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida, noma`lum shaxs uning “Damariq” mahallasida joylashgan uyiga g`ayriqonuniy ravishda kirib,umumiy miqdori 18.200.000 so`mlik har xil turdagi qimmatbaho buyumlarini yarishin ravishda o`g`irlab ketganligini ma`lum qilgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining yozishicha, mazkur holat yuzasidan Kattaqo`rg`on shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan noma`lum shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (uy-joyga g`ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni voyaga etmagan 16 yoshli R.K. sodir etganligi aniqlangan va undan ayrim qimmatbaho buyumlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Voyaga etmagan R.K. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1