1

69 nafar o`qituvchi "Xalq ta`limi fidoyisi" ko`krak nishoni bilan taqdirlandi

Jamiyat 05.02.2020, 15:12
69 nafar o`qituvchi "Xalq ta`limi fidoyisi" ko`krak nishoni bilan taqdirlandi

Joriy yilning 5 fevral kuni bir guruh pedagog xodimlarga “Xalq ta`limi fidoyisi” ko`krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Taqdirlash marosimi Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi 238-maktabda o`tkazildi. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov “Xalq ta`limi fidoyisi” ko`krak nishonini o`qituvchilarga shaxsan o`zi topshirdi. Jami 69 nafar o`qituvchi“Xalq ta`limi fidoyisi” ko`krak nishoniga sazovor bo`ldi.

2k2a1667-3.jpg

Mazkur o`qituvchilar xalq ta`limi sohasida barkamol avlodni voyaga etkazish, yoshlarni vatanparvarlik va istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida fidokorona mehnatlari hamda soha rivojiga munosib hissa qo`shganlari uchun taqdirlandi. Ko`krak nishoni bilan birga mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining to`rt baravari miqdorida bir yo`la to`lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

2k2a1793.jpg
2k2a1804-2.jpg

- Xalq ta`limi tizimining barcha yo`nalishlarida keng ko`lamli islohotlar olib borilmoqda, — deydi Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov. — Islohotlarning asosiy yo`nalishi bu o`qituvchilarning jamiyatdagi mavqei va obro`sini oshirishdir. Bugungi tadbirdagidek o`qituvchilarga e`tibor qaratilsa, ularning mehnati qadrlansa, ular ham yosh avlodga yaxshi bilim beradi va o`z ustida ishlashni davom ettiradi. Shuningdek, o`qituvchiga ko`rsatilgan ehtirom sohaga kuchli bilimga ega yoshlarni ham jalb etish imkoniyatini yaratadi.

2k2a2133.jpg

Eslatib o`tamiz, 2019 yilning 29 aprel kuni “O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilingan. Unda o`qituvchi kasbining maqomi va obro`sini oshirish bo`yicha chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, qarorda xalq ta`limi tizimida faoliyat yuritayotgan soha xodimlarini davlat va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlab borish ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1