1

Ilk bora mantiya kiygan sud raisi oilaviy nizo bilan bog`liq birinchi instansiya​ ishini ko`rdi ​

Jamiyat 05.02.2020, 15:37
Ilk bora mantiya kiygan sud raisi oilaviy nizo bilan bog`liq birinchi instansiya​ ishini ko`rdi ​

O`zbekiston Respublikasi “Sudlar to`g`risida”gi qonunining 84-moddasida sudyalarning sud majlisini maxsus kiyimda olib borishi belgilangan.

Shuningdek, mazkur qonunga muvofiq hamda 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida sud-huquq tizimidagi islohotlarni chuqurlashtirish borasida ko`zda tutilgan vazifalar doirasida sudyalarning maxsus kiyim (mantiya) tavsifi va namunasi to`g`risidagi qaror Oliy Majlis Senatining 2019 yil 12 oktyabrdagi 23-yalpi majlisida tasdiqlangan edi.

Mazkur qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib, respublikamizda birinchi bo`lib Fuqarolik ishlari bo`yicha Namangan viloyati sudi tizimida amalga tatbiq etildi. Viloyat sudi raisi A.Safoev ilk bor mantiya kiyib oilaviy nizolar bilan bog`liq birinchi instansiya ishini ko`rdi. 

Mantiya qat`iyan faqat sud zallarida kiyiladi va uni sayyor sud majlislarida kiyish taqiqlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1