AsosiyJamiyat

"O`zbekneftgaz": Qashqadaryoda 26 yil avval faoliyati tugatilgan quduqdan tabiiy gaz olina boshlandi

'"O`zbekneftgaz": Qashqadaryoda 26 yil avval faoliyati tugatilgan quduqdan tabiiy gaz olina boshlandi'ning rasmi

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidagi “Shimoliy Muborak” gazkondensat konining 1995 yilgacha gaz berib, o`zining majburiyatlarini bajarib bo`lgandan keyin tugatilgan  quduqlar fondiga o`tkazilgan  35-sonli quduq qayta ishga tushirilgan. Bu haqda "O`zbekneftgaz"AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Mutaxassislar tomonidan ushbu quduqda tubdan ta`mirlash dastgohi yordamida 2202 mertgacha ikkinchi yon-tana burg`ulash ishlari amalga oshirildi.  

Natijada quduqdan sanoat miqyosidagi kunlik 100 ming metr kub tabiiy gaz va 1,5 tonna gazkondensat  olishga erishildi.  Hozirda ushbu quduq ustini jihozlash va gaz kollektoriga qo`shish ishlari amalga oshirilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar