1

“Allohim Bosh prokurordan rozi bo`lsin!” Surxondaryolik tadbirkor ayol orzusiga erishdi

Jamiyat 05.02.2020, 18:33
“Allohim Bosh prokurordan rozi bo`lsin!” Surxondaryolik tadbirkor ayol orzusiga erishdi

Xabaringiz bor, Bosh prokuror Nig`matilla Yo`ldoshev surxondaryoliklar turmush tarzi, aholi muammolari bilan yaqindan tanishish maqsadida ikki kundirki, mazkur viloyatda sayyor qabullar o`tkazib kelmoqda. Ushbu tashrif doirasida Bosh prokuror Termiz shahridagi “Gulbahor nurli Kelajak” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishgan edi. Jamiyatning binosi mavjud bo`lmaganligi borasida uning rahbari D.Karimova prokuraturadan yordam so`ragan va natijasi o`laroq ayni paytda xodimlar yangi binoda ish olib borishyapti. Ushbu xayrli ishdan mamnun bo`lgan MChJ rahbari ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali o`z minnatdorchiligini bildirdi:

“Yaratgan Allohimga ming shukrlar bo`lsinkim, Muhtaram Prezidentimizning imkoniyati cheklangan shaxslarni qo`llab-quvvatlash va ish bilan ta`minlash haqidagi Farmoyishlariga asoslangan holda mening ezgu orzularim ro`yobiga etkazdi. 4 fevral kuni bizning tikuv seximizga Bosh prokuror tashrif buyurdilar va mening biznes g`oyamni birgalikda O`zbekiston bo`yicha tadbiq qilishga va`da berdilar. Allohim Bosh prokurorimizdan hamda viloyat va shahar prokurorimizdan rozi bo`lsin”, deya quvonchini ulashgan tadbirkor ayol. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1