1

Davlat tashkilotlari yoqilg`i bank kartalari bilan ta`minlanadi

Jamiyat 05.02.2020, 19:51
Davlat tashkilotlari yoqilg`i bank kartalari bilan ta`minlanadi

“Davlat tashkilotlarning milliy valyutadagi yoqilg`i bank kartalaridan foydalanish tartibi to`g`risida nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori muhokamaga qo`yildi.

Unga ko`ra, Markaziy bank, Moliya vazirligi va “Milliy banklararo prosessing markazi” (HUMO) MChJ hamda tijorat banklari bilan birgalikda davlat tashkilotlarning xizmat engil avtotransporti bo`yicha har bir avtotransportini bir donadan yokilg`i bank kartalari bilan ta`minlaydi.

Yoqilg`i bank kartalari faqat davlat tashkilotlari tashkilotlarning xizmat avtotransportlariga O`zbekiston Respublikasi hududida benzin, dizel, suyultirilgan va siqilgan gaz yoqilg`isini yoqilg`i quyish shaxobchalaridan sotib olish uchun foydalaniladi.

Mazkur qaror 2020 yil 1 maydan kuchga kiradi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1