1

“Avarinka” sodir etilgan qoidabuzarlikni oqlamaydi”: Internetda videosi tarqalgan, mashinani g`ayrioddiy boshqargan ayolga bayonnoma rasmiylashtirildi

Jamiyat 05.02.2020, 20:52
“Avarinka” sodir etilgan qoidabuzarlikni oqlamaydi”: Internetda videosi tarqalgan,  mashinani g`ayrioddiy boshqargan ayolga bayonnoma rasmiylashtirildi

Toshkent shahar IIBB so`ngi paytlarda avariyaviy signalni noo`rin qo`llanilayotganligi bo`yicha ogohlantirish bilan chiqdi.

Keltirilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda muntazam ravishda haydovchilar tomonidan yo`l harakati qoidalari buzilgani va shundan so`ng haydovchi avariya ishorasini (avariyaviy signalni) qo`llab “uzr” so`raganligi, yoki shu usul bilan qoidabuzarligini “oqlaganligi” aks etgan videoyozuvlar paydo bo`lmoqda. YHQni muntazam ravishda buzadiganlar uchun yorug`lik moslamalarini maqsadsiz ishlatish odat tusiga kirib qoladi. Ba`zida hatto kulguli holatlar yuzaga keladi: haydovchi avtomobilini chetroqqa qoldirayotib, avtomatik tarzda avariya ishorasini yoqib qo`yadi... 

Mazkur muammo shunchalik keng tarqaldiki, hozirda ko`pchilik “povorotnik”larning bir vaqtda yonib-o`chishi o`zi aslida nimani anglatishini ham unutib qo`yishgan. Masalan, ushbu chiroqlarni YTH yuz berganda yoqib qo`yganliklarini ko`rasizmi? Qoidabuzarlar “avariyka” bilan o`z harakatlarini oqlamoqchi bo`lganlari umuman noo`rindir – qonun bo`yicha ham (bayonnoma baribir tuziladi), insongarchilik jihatidan ham (atrofdagilar harakatingizni va shu orqali yuzaga kelayotgan xavfni oqlamaydilar).  

Masalan, shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yana bir videoyozuv paydo bo`ldi: unda qora rangli “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi Muqimiy ko`chasidan harakatlanayotganda tartibga solinmagan piyodalar yo`lakchasi yaqinida hali yo`lni kesib o`tishga ulgurmagan piyodani chetlab o`tmoqchi bo`lib g`ayrioddiy harakat (manyovr) sodir etgan. Aniqlanishicha, ushbu holat 29-yanvar kuni soat 20.20 da yuz bergan. Avtomobil haydovchisi – 46 yoshli Marifat R. avtomobilini ishonchnoma asosida boshqarib yurgan. Qayd etamiz, ushbu holatda noo`rin yoqilgan “avariykalar” qoidabuzarni bayonnomadan asrab qola olmadi: IIBB YHXB YPX xodimlari ma`muriy huquqbuzarlik faktini qayd etishdi. Yo`l harakatining boshqa ishtirokchilari ham ushbu holatni oqlamadilar va videoni tarmoqqa joyladilar.

“Hurmatli haydovchilar! Sizlardan yo`l harakati qoidalarini ba`zida qayta o`qib turishingizni va tashqi yorug`lik moslamalari ishlatishni o`rganishingizni iltimos qilamiz. Aks holda, ertami kechmi yonib-o`chadigan lampalarga ko`nikib, haqiqatdan ham yuzaga kelgan avariyaviy holatda qanday yo`l tutish kerakligini unutib qo`yasiz”, — deyiladi IIBB xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1