1

Tanzila Norboeva: “O`zbekiston xalqaro mehnat normalariga rioya qilishga sodiq”

Jamiyat 05.02.2020, 22:32
Tanzila Norboeva: “O`zbekiston xalqaro mehnat normalariga rioya qilishga sodiq”

Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida faqatgina oxirgi uch yilda 15 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Bu haqda 5 fevral kuni poytaxtimizda bo`lib o`tgan “Islohotlarni qo`llab-quvvatlash yo`lida munosib mehnatni ta`minlash” mavzusidagi xalqaro davra suhbatida ma`lum qilindi.

Davra suhbatini ochib bergan O`zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboevaning ta`kidlashicha, bu sohada oxirgi uch yilda 190 ta qonun, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 900 dan ortiq farmoni, qariyb 1800 ta qarori qabul qilindi. 

“Qolaversa, shuni qayd etmoqchi edim, bugun O`zbekiston Xalqaro Mehnat Tashkilotining 17 ta konvensiyasini, shu jumladan barcha 8 ta asosiy va 4 ta direktiv konvensiyasini ratifikasiya qildi. 2019 yilning o`zida XMTning 3 ta konvensiyasi va Majburiy mehnat to`g`risidagi 29-bayonnoma ratifikasiya qilindi. Bunday muhim xalqaro hujjatlarni qabul qilib, O`zbekiston xalqaro mehnat normalariga rioya qilishga sodiqligini namoyish etmoqda”, - dedi Senat Raisi.

Qayd etish kerak, mazkur tadbir Oliy Majlis Senati, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda Senat a`zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalqaro mehnat tashkilotining O`zbekistondagi vakillari, Xalqaro migrasiya tashkiloti, BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, YuNISEF, YuNESKO, diplomatik korpus vakillari, “Cotton Campaign” xalqaro koalisiyasi a`zolari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1