1

Har yili 600 mingdan ziyod yoshlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda — Tanzila Norboeva

Jamiyat 05.02.2020, 23:09
Har yili 600 mingdan ziyod yoshlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda — Tanzila Norboeva

Bugun, 5 fevral kuni Toshkentda “Islohotlarni qo`llab-quvvatlash yo`lida munosib mehnatni ta`minlash” mavzusida xalqaro davra suhbati bo`lib o`tgani haqida avval xabar bergandik. 

Unda so`zga chiqqan O`zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboeva o`z nutqida O`zbekiston - Markaziy Osiyodagi aholisi eng ko`p mamlakat hisoblanishini, 34 mln. aholidan 19 mln. kishi mehnatga layoqatli aholi ekani, band bo`lgan aholi qariyb 15 mln. kishini tashkil etishini va har yili 600 mingdan ziyod yoshlar mehnat bozoriga kirib kelayotganini alohida ta`kidladi.

Senat Raisi bu borada mamlakatimiz 2013 yildan buyon Xalqaro mehnat tashkiloti bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotganini qayd etdi.

“Biz bitta Davlat dasturini amalga oshirdik, 2020 yil so`ngida ikkinchi Davlat dasturini to`liq amalga oshiramiz. Bu dasturlar quyidagi 4 ta asosiy vazifani hal etishga qaratilgan: 1) mehnat sohasidagi asosiy prinsiplar va huquqlarni targ`ib qilish, 2) munosib mehnat sharoitlarini yaratish, 3) jamiyat bilan muloqot olib borish, 4) ijtimoiy himoya”, - dedi T.Norboeva.

Eslatib o`tamiz, Xalqaro mehnat tashkilotining O`zbekistondagi bosh maslahatchisi Yonas Astrup (suratda) hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1