AsosiyJamiyat

6-7 fevral kuni Toshkentdagi ayrim ko`chalar avtotransport vositalarining harakati uchun yopiladi

'6-7 fevral kuni Toshkentdagi ayrim ko`chalar avtotransport vositalarining harakati uchun yopiladi'ning rasmi

6 fevral kuni soat 13:00 dan 7 fevral kuni soat 22:00 ga qadar ayrim ko`chalar avtotransport vositalarining harakati uchun yopiladi.

Cheklov “Yangi O`zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz!” shiori ostidagi vatanparvarlik festivalining o`tkazilishi munosabati bilan quyidagi ko`chalarni o`z ichiga oladi:

— Zarafshon ko`chasi - Alisher Navoiy shoh ko`chasidan Mustaqillik shoh ko`chasigacha bo`lgan qismida;  

— Istiqlol ko`chasi - Buyuk Turon ko`chasidan Amir Temur shoh ko`chasigacha bo`lgan qismida.  

Toshkent shahar hokimligi Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz!

    Boshqa yangiliklar