AsosiyJamiyat

Xalq bankida fuqarolarni jamg`arib boriladigan pensiya ta`minoti tizimiga hisobga qo`yishda nosozlik yuzaga keldi

'Xalq bankida fuqarolarni jamg`arib boriladigan pensiya ta`minoti tizimiga hisobga qo`yishda nosozlik yuzaga keldi'ning rasmi

Ommaviy axborot vositalarida Xalq banki axborot tizimida nosozliklar yuzaga kelgani, oqibatda fuqarolar norozi bo`lgani haqida xabar tarqaldi. Xalq banki ushbu holat bo`yicha quyidagilarni ma`lum qiladi.

Haqiqatan ham Davlat xizmatlari markazlari orqali fuqarolarni jamg`arib boriladigan pensiya ta`minoti tizimiga hisobga qo`yish bo`yicha davlat xizmati ko`rsatilmagan. Natijada aholi noroziligi kelib chiqqan. Mazkur holat bo`yicha Xalq bankining mas`ul xodimi ma`muriy javobgarlikka tortildi.

Xalq banki hozirgi kunda butunlay yangi dasturiy tizimga o`tmoqda. Nafaqat pensiya ta`minoti, balki boshqa bank xizmatlarini ko`rsatishda ham ba`zida qisqa nosozliklar yuzaga kelishi mumkin.

Bu holat vaqtinchalik bo`lib, kelgusida bank xizmatlari ko`rsatishda hech qanday uzilishlar bo`lmaydi, deb yozadi Bank Axborot xizmati.

    Boshqa yangiliklar