AsosiyJamiyat

Farg`onada multiradarlar bilan jihozlangan xizmat avtomashinalari harakati yo`lga qo`yildi

'Farg`onada multiradarlar bilan jihozlangan xizmat avtomashinalari harakati yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Farg`onada multiradarlar bilan jihozlangan xizmat avtomashinalari harakati yo`lga qo`yildi, deya xabar beradi Farg`ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati.

Bunday avtoulovlardan foydalanish avtomobil yo`llarida huquqbuzarliklarning oldini olishda ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Chunki ushbu avtomashinalarga o`rnatilgan radarlar stasionar rejim vp yo`llarda harakatlanish vaqtida  ham ishlashga mo`ljallangan.

Moslama 1 dan 6 tagacha harakat bo`lagiga ega bo`lgan avtomobil yo`llarida, qarama-qarshi yo`lanishning harakat bo`laklaridagi qatnovning me`yordan yuqori tezlikda harakatlanayotgan qoidabuzarlikni avtomatik ravishda qayd etish imkoniyatga ega. Bundan tashqari, multiradarlar engil va yuk avtomashinalari uchun alohida belgilangan harakat tezligini aniqlaydi. Majmuani avtomatik yoki qo`lda ishlatish mumkin.

Shuningdek ushbu radarlardan foydalanishning bir nechta jihatlarini taqdim etish mumkin:

-  avtoulovning old oynasiga o`rnatilgan radar, nafaqat yo`llarda harakatlanish vaqtida, balki to`xtab turgan holatda ham  qoidabuzarlikni qayd etish imkoniyatini beradi;

-  avtomashinadagi radar yukxona qopqog`iga o`rnatilgan oyna orqali stasionar tarzda qoidabuzarlikni aniqlash imkonini beradi.

Ayni vaqtda Farg`ona viloyati IIBga shunday radarlar bilan jihozlangan ikki dona maxsus avtomashina keltirilgan bo`lib, ushbu haftada yana 3 ta shunday radarlar o`rnatilgan transport vositalari olib kelinishi kutilmoqda. Ular esa yo`l-harakati qoidalarini buzilishini oldini olishga xizmat qiladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar