AsosiyJamiyat

Tongi reydda barchasi fosh bo`lmoqda — MIB

'Tongi reydda barchasi fosh bo`lmoqda — MIB'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Farg`ona shahar bo`limi tezkor xodimlari tomonidan har kuni shahar hududida tabiiy gaz va elektr energiyasidan qonuniy foydalanilayotganligi yuzasidan tezkor tadbirlar o`tkazib kelinmoqda.  Bu haqida bizga MIBning matbuot xizmati rahbari Farruh Toshpo`latov xabar berdi. 

So`nggi kunlarda o`tkazilgan tezkor tadbirda Farg`ona shahar Bo`ston ko`chasida tashkil etilgan nonvoyxona faoliyatida o`rganilganida fuqaro X.Axmedov nonvoychilik faoliyati bilan noqonuniy shug`ullanayotganligi hamda tabiiy gaz tarmog`iga hech qanday hujjatlarsiz o`zboshimchalik bilan ulanib olib, noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Shu kabi, Qashqar ko`chasida Ya.Axmedov, Qodiriy ko`chasida  N.Tusmatov va Tadbirkorlar ko`chasida M.Jo`raevlar ham tonggi soat  04-00 larda Majburiy ijro byurosi xodimlari “shirin uyquda” deb xomtama bo`lib qolishdi. Byuro tezkor vakillarining tongdagi tashrifi ularni dovdiratib qo`ydi va tabiiy gazdan mutlaqo noqonuniy foydalanib kelayotganliklari fosh bo`ldi.

Mazkur holatlar bo`yicha tegishli bayonnomalar rasmiylashtirildi hamda hozirda etkazilgan zararni aniqlash va aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko`rilishi bo`yicha surishtiruv olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar