Hududiy sanitariya va epidemiologiya markazlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtobus saroylari hamda ularga biriktirilgan shohbekatlarda ham navbatdagi dezinfeksiya ishlari boshlandi.
“Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmatining xabar berishicha mavsumiy xastaliklarning oldini olish maqsadida o`tkazilayotgan bu yilgi sanitariya tadbirlari bir hafta davom etadi. Ushbu muddatda avtosaroy va ulardagi transport vositalari hamda poytaxtdagi barcha shohbekatlarda dezinfeksiya ishlari bajariladi.






