Yunusobod tumanida jamoat tartibini saqlash yuzasidan xizmat vazifasini o`tayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi noma`lum shaxs qo`lida pichoq bilan ayol kishini quvib kelayotganini ko`rib, zudlik bilan ko`ngilsizlikning oldini olishga oshiqadi.
Noma`lum erkak ayolga etib olgan paytda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi etib kelib, ayolni pichoq bilan tahdid qilayotgan erkak qo`lidan ajratib olgan. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Ayolni himoya qilgan harbiy xizmatchini ko`rgan tartibbuzar shu zahoti qochib ketgan.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi A.X. shu hududdagi post-patrul ekipajiga holat yuzasidan xabar bergach, tartibbuzar ortidan ekipaj quvib, Yunusobod tumani 9-dahada to`xtatilgan.
Fuqarodan qo`lidagi pichoqni tashlash talab qilinganida, fuqaro Milliy gvardiya va PPX xodimi talabini bajarmasdan, xaqorat qilib, ularni o`ziga yaqinlashtirmaslik uchun tosh va boshqa qo`liga ilingan narsalarni ota boshlagan.
Fuqaroni ushlash vaqtida ichki ishlar xodimining oyog`iga pichoq sanchib olgach, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Yo.F. PR73 (rezina tayoq)ni ishlatishga majbur bo`lgan.
So`ng tartibbuzarning qo`lidagi pichoqni tortib olib, qo`liga kishan solgan. Qo`lga olingan shaxs Yunusobod tuman IIB bo`limiga topishirilgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida fuqarolar Shayxontohur tumanida yashovchi er-xotin S.N. va S.A. ekanligi, eri spirtli ichimlik ichgani oqibatida o`zaro janjallashib, shu holat yuzaga kelgani ma`lum bo`lgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.






