1

«Nest one» — O`zbekistondagi ilk osmono`par bino nomini o`zbekchalashtirishga “Milliy tiklanish”ning kuchi etadimi?

Jamiyat 06.02.2020, 21:00
«Nest one» — O`zbekistondagi ilk osmono`par bino nomini o`zbekchalashtirishga “Milliy tiklanish”ning kuchi etadimi?

Feruza Muhammadjonova: 25 yil davomida davlat tili haqidagi qonunning kuchsiz bo`lgani, unga amalda jiddiy e`tibor berilmagani oqibatida ana shunday kamchiliklar yuzaga keldi​

O`zbekiston "Milliy tiklanish" partiyasi davlat tilini mavqeini ko`tarish bo`yicha amaliy ishlarga o`tdi. 

Avval ma`lum qilganimizdek, partiya vakillari kichik tadbirkorlik ob`ektlaridagi e`lon va reklamalarga e`tiroz bildirmoqda. Ammo, boshqa tadbirkorlarga o`rnak darajasida bo`lgan, yirik biznes vakillari ham "O`zbekiston Respublikasining davlat tili haqida"gi qonun​ moddalariga to`liq rioya etayotganlari yo`q. Xususan, yirik "supermarket"lar narxnomalari hamon davlat tilida emas. O`zbekistonda yagona bo`lgan, Toshkentda qad rostlayotgan ilk osmono`par bino nomi ham xorijiy tilda «Nest one». 

Dubaydagi osmono`par bino arab tilida “Burj Halifa”, Rossiya Federasiyasidagi eng baland binolar rus tilida “Bashnya Federasiya”, deya nomlanadi. O`zbekistondagi eng baland bino esa o`zbek tilida emas. Mayda tadbirkorlik sub`ektlarini tanqid ostiga olgan partiya bu borada nima deydi?

O`zAning ushbu savoliga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o`rinbosari Feruza Muhammadjonova quyidagicha javob berdi: 

“Avvalam bor milliylik bu millatchilik emasligini qayd etgan bo`lardim. Tadbirkorlarning o`z korxonalarini xorijiy tilda nomlashlarini ijobiy baholay olmayman. Biz O`zbekistonda yashayapmiz, yurtimizda yagona davlat tili mavjud. Qolaversa, yurtimizda aksariyat aholi so`zlashuvchi til o`zbek tili hisoblanadi. Tabirkorlarimiz buni inobatga olishlarini istardim. Yigirma besh yil davomida davlat tili haqidagi qonunning kuchsiz bo`lgani, unga amalda jiddiy e`tibor berilmagani oqibatida ana shunday kamchiliklar yuzaga keldi. Prezidentimiz ham o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilganing 30 yilligi arafasida so`zlagan nutqlarida “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ustuvor g`oyani olg`a surdilar. Davlat tili bo`yicha inspeksiya ham tashkil etildi. Biz davlat tili himoyasi borasida qonunlarimizni takomillashtirish harakatlarini boshlab yuborganmiz”.

Mazkur savol bo`yicha partiya vakili bo`lgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umid Jabborov O`zbekistonda ilk bor osmono`par bino qad rostlayotganidan xabari borligini tasdiqladi. Biroq, bino nomidan bexabar ekanini bildirdi. Tabiiyki bu javob bizni taajjublantirdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1