1

Qashqadaryoda qabrdagi marhumlarning tilla tishlarini o`marayotgan ayol tafsilotlari ma`lum bo`ldi (video)

Jamiyat 07.02.2020, 08:51
Qashqadaryoda qabrdagi marhumlarning tilla tishlarini o`marayotgan ayol tafsilotlari ma`lum bo`ldi (video)

Avvalroq, Qashqadaryo viloyatida qabrda yotgan marhumlarning tilla tishlarini o`marayotgan ayol qo`lga tushgani va fuqarolar tomonidan ayovsiz kaltaklangani bo`yicha videoni taqdim etgan edik. Ayni paytda ushbu voqea bo`yicha aniq tafsilotlar ma`lum bo`ldi. Bu haqda "Zamon" dasturida aytildi.

Aniqlanishicha, mazkur hodisa 2019 yil 1 sentyabr kuni Kitob tumanida joylashgan qabristonda sodir bo`lgan. Shu kuni soat 13-30 larda Shahrisabz tumani “Saroy” MFYda istiqomat qiluvchi Usmonova Shahribonu Kitob tumanidagi qabristonga kelib, o`ziga notanish bo`lgan, marhum Ahmedov Tursunning qabrini qo`lidagi teshacha bilan qazimoqchi bo`lib turganida shu hududning fuqarolari tomonidan ushlangan.

Shundan so`ng uning harakatlaridan g`azablangan aholi ayolni kaltaklagan. Ayolning harakatida jinoyat alomatlari bo`lsada, kam ahamiyatga ega bo`lgan harakat deya, jinoiy javobgarlikka tortilmagan. Ayolning jarohatlangani yuzasidan esa o`zi tomonidan hech qaerga shikoyat qilmaganligi bois tergov va tekshiruv harakatlari olib borilmagan. Biroq, 2020 yil 4 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda ushbu voqea bo`yicha video tarqalgandan keyin, mazkur holat ayni paytda qonuniy baho berish uchun Kitob tumani IIB Tergov bo`linmasi tomonidan ko`rib chiqilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1