1

Mirzaobodda 730 million so`m sarflangan 80 o`ringa mo`ljallangan maktab binosi rekonstruksiya qilindi

Jamiyat 07.02.2020, 10:35
Mirzaobodda 730 million so`m sarflangan 80 o`ringa mo`ljallangan maktab binosi rekonstruksiya qilindi

Yurtimizda ta`lim sohasini rivojlantirish, umumiy o`rta ta`lim tizimini yangi zamonaviy bosqichga ko`tarish borasida keng ko`lamli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur yo`nalishda umumta`lim maktablari zamonaviy tarzda qurilib, yoshlarning bilim olishlari uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Mana shunday zamonaviy maskanlardan biri Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida qurilib, foydalanishga topshirildi.

80 o`ringa mo`ljallangan 23-maktab binosi 2019 yilning 1 oktyabrida qurilishi boshlanib, 2020 yilning 31 yanvariga qadar qayta rekonstruksiya qilindi. Jami 730 million so`m sarflangan ushbu binoda hozirda o`quvchilar maroq bilan o`qishni boshladi.

23-maktabning ochilish marosimida tuman hokimi H.Abdullaev, Sirdaryo viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i A.Abduraxmonov, tuman xalq mudiri U.Nushanov hamda maktab jamoasi va ota-onalar ishtirok etdi.

Bu kabi maktablarning tashkil etilishi ertamiz egalari bo`lgan yoshlarning ma`nan va jismonan sog`lom, bilimli bo`lib voyaga etishida katta zamin yaratadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1