O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining xabariga ko`ra, 2020 yil 06 fevral kuni soat 10:30 larda, 22 yoshli A.K, Chust tumanida joylashgan 46-sonli oilaviy poliklinkada bo`lim mudiri 59 yoshli X.L. bilan gap tortishib, uning yuzga urib, yuz va burunga tan jarohati etkazgan.
Mazkur holat yuzasidan A.Q.ga nisbatan Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a” bandi (bezorilik)bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda dastlabki tergov xarakatlari olib borilmoqda.






