1

Bir necha o`zbekistonliklar o`z ixtiyori bilan Uxanda qoldi

Dunyo 07.02.2020, 17:27
Teglar: Xitoy, koronavirus
Bir necha o`zbekistonliklar o`z ixtiyori bilan Uxanda qoldi

Xitoyning Uxan shahridan 84 nafar o`zbekistonlik olib kelindi. Ammo, Uxanda yana bir necha nafar o`zbekistonlik o`z ixtiyori bilan qoldi. Ularning aniq soni ma`lum emas. Bu haqda @BUGUNUZ telegram kanali xabariga asoslanib Sof.uz ma`lum qildi.

Ketishni istamagan o`zbekistonliklarga ko`ra, Uxandagi koronavirus xavfi bilan bog`liq vaziyat biroz yumshagan, shahar to`la nazorat ostida.

Uxandagi Agrar universitetning oziq-ovqat biokimyosi bo`yicha fan doktori, 28 yashar Farruxbek Rasulov o`z ixtiyori bilan qolganlardan biri.

Farruxbek Rasulov O`zbekistonga qaytmagani sabablarini shunday izohlaydi:

“Birinchidan, bu erda vaziyat sekin-asta yumshab borayapti. Buni ko`chalarda odamlarning ko`payishidan va bir qancha ish joylari, davlat xizmatlari agentliklari, banklar, ba`zi restoran va oshxonalar qayta ishga tushganidan bilish mumkin. Chunki ko`chadagi avvalgi sukunat, bayram sababli edi.

Ikkinchidan, mening bu erda ilmiy ishim bilan bog`liq tajribalar har yili faqat bir marta namuna olish mumkin bo`lgan mahsulotlar bilan bog`liq. Agar bu yilgi ish tugatilmasa, bir yil yutqazdim deyavering.

Uchinchidan, hozir bu erda kasallikka qarshi kurashish uchun eng kuchli mutaxassislar mavjud. Aynan Uxan shahrida. Yashab turgan joyimning atrofida deyarli odam kam, ancha xavfsiz hudud.

Farruxbek Rasulovning aytishicha, asosiy muammo odamlarni oddiy grippga ham vahima ko`tarishi sababli kelib chiqqan:

“Xitoy ommaviy axborot vositalari hozirda bizda doimiy kuzatiladigan gripp va koronavirusni bir-biridan uy sharoitida farqlashga oid tushuntirishlar olib borishyapti, odamlarda bir hafta avvalgidek tushkunlik yo`q. Kecha stadionda futbol va basketbol o`ynayotganlarni ham ko`rdim. Lekin Uxanda niqob tanqisligi bor. Oziq-ovqat tanqisligi yo narxlar qimmatlaganini sezmadim, boshida ozgina qimmatlagandi, yana joyiga tushdi”.

Farruxbek Rasulovga ko`ra, O`zbekiston konsulligi Uxandagi barcha vatandoshlarni charter reys borligi haqida ogohlantirgan:

“O`zbekistonlik 84 vatandosh ketgan bo`lsa, taxminan 3-4 tasi bu erda qolgan. Bu erda hamma ogohlantirildi. Hattoki Uxandan 200-300 km uzoqlikdagi boshqa universitetlardan bolalarni maxsus transportda olib kelishdi".

Uxanda ishlayotgan 19 yashar olmaliqlik Asadxon Abduqahhorovning aytishicha, u 5 fevral kuni dadasini Toshkentga uchadigan uchoqqa kuzatgan:

- Men dadam bilan birga Uxandagi parklardan birida ishlaymiz. Charter reys Toshkentdan kelganidan so`ng, dadamni kuzatib o`zim qoldim. Chunki, bu erda qiladigan ishlarim bor. Vaziyat esa normal. Rossiya TVsida ko`rsatayotganidek vahimali emas. To`g`ri, korxona va maktablar hozircha ko`pi ishlamayapti, jumladan bizning idoramiz ham. Lekin hamma niqob taqib ko`chalarda o`z ishini qilib yuribdi. Oziq-ovqat taqchilligi yo`q, barcha do`konlar bo`lmasa ham, uch-to`rttasi ishlab turibdi. Yonimzdagi aptekada niqob etarli. Vahima qilishga arzirli narsa yo`q.

Sharhlar

Koronavirus ustidan qozonilgan g`alabani nishonlash uchun xitoyliklar 1000 ta dron ishtirokida shou uyushtirishdi (video)

12.04.2020, 16:42

Dunyo mamlakatlarida koronavirus pandemiyasi bilan kurash olib borayotgan bir vaqtda Xitoy koronavirus ustidan qozonilgan g`alabani nishonladi. Bu tantanaga Xitoy osmoniga chiqqan 1000 ta dron ishtirokidagi shou...
Xitoyda koronavirusga chalinganlarning qariyb 92 foizi tuzalib ketdi

31.03.2020, 18:24

Xitoyda COVID-19 bilan og`rigan bemorlarning 92 foizga yaqini tuzalib ketdi va bu raqam keyingi haftalarda oshib bormoqda. Bu haqda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti vakili Tarik...
Xitoy qanday qilib koronavirus infeksiyasi tarqalish zanjirini uzdi? (Video)

30.03.2020, 21:31

Xitoy qanday qilib koronavirus infeksiyasi tarqalish zanjirini uzdi, qanday qilib Covid-19 virusi oqibatidagi xavfli kasallik tarqalishini to`xtatishga oldi? Bunga javob shuki: Hukumat tomonidan qat`iy karantin rejimi...
Xitoyda koronavirusga qarshi ayovsiz kurash davom etmoqda (Video)

10.03.2020, 16:42

Xitoyda paydo bo`lib, ko`pchilik mamlakatlarga tarqab ulgurgan yangi turdagi koronavirus bilan kurashishda bugungi kunda dunyoda barcha choralar ishga solinmoqda. Ko`plab bemorlarning o`limiga sabab bo`layotgan virusni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1