AsosiyJamiyat

Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmatida jurnalistlar jamoasi va ekspertlar kengashi tuzildi

'Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmatida jurnalistlar jamoasi va ekspertlar kengashi tuzildi'ning rasmi

O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida ekspertlar guruhi, jurnalist va blogerlar jamoasi tashkil etildi. Ularga joriy yilgi rejalar haqida hisobot berildi. Shuningdek hamkorlikda qilinadigan ishlar haqida maslahatlashib olindi.

Qayd etilishicha joriy yilda OAV bilan hamkorlikda ko`pgina muhim tadbirlar o`tkazilishi ko`zda tutilgan. Xususan joriy yilning 10 aprel sanasi arafasida o`zbek romanchilik maktabi asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 126 yilligi munosabati bilan adibning uy muzeyiga, Abdulla Qodiriy ijod maktabiga, “Turon” kutubxonasiga va kutubxona binosidagi Abdulla Qodiriy muzeyiga media tur tashkil etilishi rejalashtirilgan. 

Shu bilan bir qatorda ulug` mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi, O`zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 105 yilligi, dramaturg Izzat Sultonning 110 yilligi, taniqli shoir Shavkat Rahmonning 70 yilligi munosabati bilan xotira kechalarini o`tkazish belgilangan.

Shuningdek, yil davomida “Ustozlardan o`rganamiz” ijodiy kechalarini tashkil etish, uyushma qoshida faoliyat yuritayotgan “Onajonim she`riyat”, “Umid”, “Dilko`prik”, “Nigoh” to`garaklarida taniqli shoir va yozuvchilarning mahorat darslarini o`tkazib borish, nasr, nazm, dramaturgiya, badiiy publisistika, badiiy tarjima, bolalar adabiyoti va adabiy tanqid yo`nalishlaridagi an`anaviy Zomin seminarini o`tkazish, “Birinchi kitobim” loyihasi doirasida 20 nafar yosh ijodkorning ilk kitoblarini chop etish, “Ijod” jamoat fondi mablag`lari hisobidan “Adib va jamiyat”, “Adabiy do`stlik – abadiy do`stlik”, “Tanlangan asarlar”, “Birinchi kitobim” seriyalarida kitoblar nashr etish ko`zda tutilgan.

Boshqa yangiliklar