AsosiyJamiyat

Yunusobodda inspektorlar opa-singilni yarashtirib qo`yishdi

'Yunusobodda inspektorlar opa-singilni yarashtirib qo`yishdi'ning rasmi

Yunusobod tumani Ichki ishlar bo`limi inspektorlari mahalla faollari ko`magida janjallashib qolgan opa-singillarning tinch yo`l bilan kelishib olishiga yordam berdi.

Yunusobod tumani IIB qoshidagi ayollar masalalari bilan shug`ullanuvchi inspeksiya xodimlari mahalla faollari bilan birgalikda notinch oilalarga kirib, ziddiyatlarning sabablarini o`rganishni yo`lga qo`yishgan. Shu tariqa ular qaysi oilaga qanday yordam kerakligini aniqlashmoqda.

Jumladan yaqinda ayollar masalalari bo`yicha ish olib boruvchi inspektorlar Yo`lariq  mahallasida ikki tug`ishgan opa-singil G va K ning bir oilada, bir xonadonda yashab bir-biri bilan gaplashmayotganini aniqlashdi. Ma`lum bo`lishicha bu ikki opa-singil bolalar sababli bir-biri bilan qattiq urishib qolishgan va bir yarim yildan buyon o`zaro gaplashmay qo`yishgan.

Inspektorlar va mahalla faollari bu ikki ayol bilan suhbat o`tkazishdi va ularni bir-biridan kechirim so`rashga undashdi. Opa-singil bir-birini kechirdi va yarashib oldi. Ular "katta" ish qilgan inspektorlar va mahalla a`zolariga rahmat aytishdi.

Boshqa yangiliklar