Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “a,g” va 140-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan sudlanuvchi 1982 yilda tug`ilgan, Samarqand shahrida yashovchi X.N.ni 7 fevral kuni jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudiga majburiy keltirish to`g`risida qaror qabul qilingan edi. Ushbu qaror ijrosini ta`minlash Samarqand shahri ichki ishlar organlari xodimlariga yuklatilgan. Mas`ul xodimlar qaror ijrosini ta`minlash maqsadida fuqaro X.N.ning ish joyiga borgan vaqtida, fuqaro X.N. yonida bo`lgan uyali telefon apparatini olib, xodimlarni videotasvirga tushirib, ularga nisbatan turli noo`rin so`zlar, bo`hton gaplarni gapirib, xodimlarning qonuniy harakatlariga faol qarshilik ko`rsatgan.
Voqea joyiga Samarqand shahar prokuraturasi mas`ul xodimlari chiqib, holat bo`yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida fuqaro X.N. shahar prokuraturasi tergovchisiga nisbatan ham turli bo`xton so`zlarni gapirib, nosamimiy munosabatda bo`lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.