8 fevral kuni soat 18:39da Olmazor tumani “Umid” mahallasi, Qoraqamish 2/3-dahasi 21-uyda joylashgan qurilishi tugatilmagan “Siroj Solih” jome` masjidining ichki va shift qismi 60 kv.m maydonida yong`in sodir bo`lgan, Bu haqda Favqulotda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Yong`in-qutqaruv guruhlari soat 18:46da hodisa joyiga etib borgan. Soat 18:56da alanga qurshab olinib, soat 19:39da to`liq o`chirilgan.
Yong`in qurilish ob`ektida payvandlash ishlari olib borish jarayonida yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida kelib chiqqan.
Yong`in qisqa muddatda favqulodda vaziyatlar vazirligi yong`in-qutqaruv xizmati xodimlari tomonidan ko`rilgan choralar natijasida, boshlangan vaqtda qisqa muddatda bartaraf etildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qurilish ob`ektlarida yong`in xavfsizligi qoidalariga amal qilishingizni tavsiya qiladi.






