Joriy yilning 7 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali “Farzandim bilan ko`chalarda sarson bo`lib yuribman”, sarlavhasi ostida Quva tumani Tolmozor MFY da ro`yxatdan o`tgan fuqaro Ozoda Madrahimovaning tarqatgan murojaatiga Farg`ona viloyat xalq ta`limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi
Fuqaro Ozoda Madrahimovaning ijtimoi tarmoqlarda tarqatgan murojaati Farg`ona viloyat xalq ta`limi boshqarmasi mutaxasislari Quva tuman hokimligi va tuman xalq ta`limi bo`limi tomonidan tuzilgan ishchi guruh ushbu masalani belgilangan tartibda o`rganib chiqmoqda.
Aniqlanishicha, O.Madrahimova qo`shni Qirg`iziston Respublikasiga turmushga chiqib, 1 nafar farzandi bilan turmushidan ajrashib ketgan va ota uyiga kelib qolgan. Lekin oilaviy nizoga borganligi sababli aka-ukalar o`z uylaridan haydab chiqarishgan. Shundan so`ng fuqaro tuman hokimligi tomonidan “Mahalla” xayriya jamoat fondi binosida joylashgan reablitasiya markaziga vaqtincha yashash uchun joylashtirilgan.
O`rganish jarayonida u bir necha bor O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ishonch telefoniga murojaat qilganligi va murojaat mutaxassislar tomonidan o`rganib chiqilib, muallifga javob xati berilganligi aniqlandi.
Shuningdek, 2019 yil 28 mart kuni 2009 yilda tug`ilgan farzandi Madrahimov Azizbek va tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 19 nafar oila farzandlariga tuman hokimligi tomonidan Xatna to`ylari o`tkazib berilgan. Bundan tashqari, O.Madrahimova farzandi A.Madrahimovni Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 39-umumta`lim maktabida tahsil olayotganligini aytgan. Biroq o`rganish natijasida Azizbek Madrahimovni onasi boshqa maktabga olib o`tgani ma`lum bo`ldi. Bugungi kunda A.Madrahimov Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 18-maktabning 4-"v" sinfida o`qiyotgani aniqlandi. Fuqaro Ozoda Madrahimovaning, "Bolam hech qaerda o`qimaydi", degan vaji asosizdir. Bolani o`rtaga qo`yib, qaltis yo`llar bilan uy-joy va boshqa muammolarini hal qilishga urungan. Ayni paytda O.Madrahimovaning murojaati bo`yicha, ya`ni uy-joy masalasi bilan Quva tuman hokimligida tuzilgan ishchi guruh shug`ullanmoqda.






